Shimoliy Koreya o‘z raketalari ichiga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan kichik yadroli jangovar kallakni muvaffaqiyatli tarzda yaratdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda The Washington Post Amerika razvedka xizmati mansabdorlariga tayanib ma’lum qildi.
Nashr AQSh mudofaa vazirligining 28-iyuldagi hujjatlaridan ma’lumotlarni keltirmoqda, ularda Shimoliy Koreyaning harbiy imkoniyatlari bo‘yicha axborot yig‘ilgan.
Pentagon razvedka boshqarmasi o‘tkazgan tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, yadro o‘qi qit’alararo ballistik raketalarga ham o‘rnatilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, bu axborotni vaziyat bilan tanish bo‘lgan ikki nafar amerikalik mansabdor tasdiqlagan.
Ammo jangovar kallakning kichraytirilgan versiyasi sinovi muvaffaqiyatli kechgani borasida aniq ma’lumot hozircha yo‘q. KXDR buni muvaffaqiyatli amalga oshirgani haqida o‘tgan yildayoq ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)