BAA Credit Suisse, Deutsche Bank va Barclays banklariga norasmiy boykot e’lon qildi. Qatar biznes jamoatchiligi vakillari ushbu banklarning yirik aksiyadorlari ekanligi bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Tilga olingan uch bankning eng yirik aksiyadorlari Qatar suveren jamg‘armasi hamda hukmron oila a’zolaridir. Shu bois ular yaqin orada Abu-Dabida yirik mandatlar yutib olishi shubha ostida, deb hisoblamoqda tahlilchilar.
Boykot norasmiydir. Rasmiy qora ro‘yxatlar e’lon qilingan emas, lekin manbalar sahna orti o‘yinlari boshlanganini tasdiqlamoqda.
Izoh (0)