Qashqadaryo viloyati Muborak tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida HPB profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Muborak shahar Bobur MFY 8/2-uy, 44-xonada yashovchi, uy bekasi, 1984-yili tug‘ilgan Sobirova Sarvinoz o‘z uyida, Muborak shahrida yashovchilar M.S. va S.Sh. larga 20 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan 4-avgust kuni Muborak tumani IIB tomonidan fuqaro S. Sobirovaga nisbatan JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)