Andijon viloyati Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida jinoyat sodir etib, sud organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2016-yil 3-dekabr kuni 1969-yili tug‘ilgan M.M. tanishi, T.Yo.ning ishonchiga kirib, uni aldab, Lacetti rusumli avtomashina olib berishni va’da qilib, 4 ming dollar miqdoridagi pullarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani uchun Toshkent shahar Mirobod tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga kelishdan bo‘yin tovlab yashiringanligi sababli 6-iyun kuni qidiruvga berilgan edi.
Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh (0)