Tehron yaqinidagi aviabazada harbiy xizmatchi hamkasblariga qarat o‘t ochdi. Bu haqda, Mehr News agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Harbiylarning javob olovi natijasida hujumchi o‘ldirildi. Voqea oqibatida jami to‘rt kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi.
Halok bo‘lganlardan biri zobit ekanligi ma’lum.
Ayni paytda jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)