Xitoy hukumati 2017-yil 1-avgustdan boshlab mamlakatga xizmat va tijorat maqsadlarida tashrif buyuradigan O‘zbekiston fuqarolari uchun viza olish jarayonini osonlashtirdi. Bu haqda, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.
Bunday tartib amal qiladigan vazirlik va idoralar ro‘yxati “Gov.uz” portalida chop etildi. Ushbu idoralar ishchilari notalar, rasmiy xatlar yoki kafolat xatlari yordamida, shuningdek, Xitoy tomonidan berilgan taklif xatlari asosida viza olishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonlik tijoratchilar esa vizalarni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining kafolat xatlari asosida viza rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Ikki holatda ham Xitoyning vakolatli organidan rasmiy taklifnoma berilishi shart emas.
Izoh (0)