WannaCry virusi hujumi chog‘ida bitkoinlar to‘plangan uch elektron hamyondagi barcha pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olindi. Bu haqda Quartz xabar bermoqda.
Aytilishicha, 150 mamlakatdagi kompaniyalarga uyushtirilgan hujumdan buyon 12 hafta o‘tdi. Ilgari jurnalistlar bitkoinlar hisoblarda qoladi deb hisoblayotgan edi, negaki hamyonlar huquq-tartibot organlari tomonidan jiddiy nazorat qilinmoqda.
Mablag‘ni yechib olish bir necha bosqichda bo‘lib o‘tdi: birinchi tranzaksiyada bitkoinlarda hisoblangan 70 ming dollar yechib olindi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, uchala hamyon ham bo‘shatildi.
Umumiy hisobda xakerlar 140 ming dollar yechib oldi. Maxfiylikni saqlash uchun ular bitkoinlarni bir necha elektron hamyonlardan o‘tkazishi kutilmoqda.
Izoh (0)