Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim finalidan joy olgan ikkinchi uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” va Qarshining “Nasaf” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
Bellashuv “temiryo‘lchilar”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Marat Bikmayev Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozasiga 2 ta gol urgan bo‘lsa, yana bir to‘p Murod Bobojonov tomonidan kiritildi. Mehmonlardan esa Dragan Cheran javob goliga mualliflik qildi.
Bunga qadar yarim finalning yana bir o‘yinida “Bunyodkor” Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkandi. Javob o‘yinida poytaxt klublari raqib maydoniga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston kubogi Yarim final 2-avgust, chorshanba
Izoh (0)