Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisi sonini 15 million kishiga yetkazish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda “BЕLTA” agentligi ma’lum qildi.
“Biz bo‘lmasak, bolalarimiz hal etishi lozim bo‘lgan eng asosiy masala — aholi sonini 15 million kishiga yetkazish. Bu mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligi, davlatimiz qudratidir, bu odamlarga bog‘liq”, — dedi u.
U oxirgi yillarda mamlakatda aholi o‘sish dinamikasi ijobiy bo‘layotganini qayd qilib o‘tdi.
“Bu dinamikani nafaqat saqlab qolish, balki o‘stirish lozim. Belarus 20 million kishini boqa oladi”, — xulosa qildi davlat rahbari.
Izoh (0)