London markaziy jinoiy sudi Buyuk Britaniya politsiyachilari va harbiylariga qarshi teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan, o‘zlarini “mushketyorlar” deb atagan to‘rt shaxsni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda, Sky nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Britaniyalik politsiyachilar ishni ko‘p yillardan buyon qayd qilingan eng murakkab aksilterror tergovi deb atamoqda.
Birmingemlik Navid Ali va Habib Hussayn, shuningdek, Stok-on-Trent shahridan Moxibur Rahmon va Tohir o‘tgan yili terakt tayyorlash gumoni bilan ushlangan edi. Tergov versiyasiga ko‘ra, ular IShID terrorchi guruhi mafkurasiga asoslangan holda ommaviy qurbonlar keltirib chiqaradigan hujumlar rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, bomba portlaganidan so‘ng ular pichoq bilan hujumni davom ettirishi lozim edi.
O‘tgan yilning avgust oyida ular ushlandi. Politsiya Navid Alining mashinasidan qo‘lbola bomba, o‘q-dori, tig‘iga “kofir” so‘zi yozilgan qassob pichog‘i topdi.
Sud “mushketyorlar”ni aybdor deb topdi.
Ali, Hussayn va Rahmon panjara ortida kamida 20 yil o‘tkazishi belgilandi. Aziz uchun minimal muddat 15 yil qilib belgilandi, negaki u terrorchilik fitnasida boshqalarga nisbatan kamroq ishtirok etgan deb topildi.
Izoh (0)