Yaltiroq tangachalar shaklidagi suyuq to‘ldirgichlarga ega 275 mingdan ortiq iPhone g‘iloflari foydalanuvchilarning terisi yallig‘lanishi va kimyoviy kuyishi bilan bog‘liq o‘nlab holatlar tufayli sotuvdan chiqarildi va qaytarib olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
AQSh iste’molchilari mahsulotlar xavfsizligi komissiyasi bayonotiga ko‘ra, bunday g‘iloflardagi to‘ldirgichlarning sizishi oqibatida butun dunyo bo‘ylab o‘ttizga yaqin odam kuyish jarohatlarini olgan. G‘iloflar Henri Bendel, Tory Burch va Victoria’s Secret do‘konlarida sotilayotgan edi.
G‘ilofni ishlab chiqargan MixBin Electronics kompaniyasi barchaga pullari qaytarilishini va’da qilmoqda.
Izoh (0)