1-avgustdan “Samarqand” xalqaro aeroporti sun’iy uchish-qo‘nish yo‘laklari kapital ta’mirlanganidan so‘ng xalqaro va mahalliy parvozlar uchun ochildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Samarqand havo bandargohi 1-iyul kuni reyslarni amalga oshirish uchun yopilgan edi. Avgustning birinchi kuni aeroport Rossiyaning Utair aviakompaniyasi samolyotini qabul qildi.
Izoh (0)