IShID terrorchi guruhi Afg‘onistonning Hirot shahridagi masjidda uyushtirilgan terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda, AFP’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash shahardagi “Javodiya” shia masjidida ro‘y berdi. Birinchi xudkush masjidi kirishda o‘zini portlatib yubordi, ikkinchi terrorchi esa bino ichidagi odamlarga qarata o‘t ochdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, 64 kishi yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)