“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi kelayotgan mavsum APL chempionligi uchun kurash olib borishi haqida aytib o‘tdi.
Transfer bozoridagi xaridlarda kamtargina bo‘lgan “Liverpul”ning hujum chizig‘i bugun ajoyib ko‘rinishga keldi. “Yunayted” Lukaku uchun 75 million, “Chelsi” Morata uchun 80 million sarflaganida, “mersisayd” klubi Muhammad Saloh uchun 40 million bilan cheklandi.
Squawka nashrining Twitter’dagi sahifasi shu masalada “Liverpul” hujum chizig‘iga e’tibor qaratdi. Bunda jam bo‘lgan kvartet o‘tgan mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazganini ko‘rish mumkin. Bu esa o‘z navbatida yozgi turnelarini yaxshi o‘tkazayotgan Liverpul shahrining qizil jamoasiga qo‘l kelsa, ajab emas.
Roberto Firmino o‘tgan mavsum 11 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Bu ko‘rsatkich “Barselona” olishga harakat qilayotgan Filippe Koutinyoda 13 ta gol va 7 ta golli pasni tashqil qiladi. Bir yil muqaddam “Sautgempton”dan sotib olingan Sadio Mane 13 ta gol urib, 5 ta golga pas uzatgan. “Roma” tarkibida Muhammad Saloh 15 ta gol urib, 11 ta golga assistentlik qilgan.
Mazkur futbolchilarning bitta libosda maydonga chiqishi, har qanday klub himoyachilarining ishini qiyinlashtirishi turgan gap.
Izoh (0)