Yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston loyihaviy boshqaruv milliy agentligi rahbari etib Shuhrat Sodiqov tayinlandi. Bu haqdagi farmonni 1-avgust kuni davlat rahbari imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Bunga qadar Shuhrat Sodiqov (1969-yili tug‘ilgan) 2010-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamentlari mudiri lavozimini egallab kelgan edi.
Ilgariroq —2008–2010-yillarda u “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktori, 2006–2008-yillarda esa bosh direktor o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Izoh (0)