Rossiyaning Vladimir viloyatida istiqomat qiluvchi ikki Markaziy Osiyo vakili Moskva viloyatida hibsga olindi. Ular IShID guruhiga yordam berganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, ular IShIDning Suriya hududidagi vakillari bilan aloqa qilib turgan. Ularning ko‘rsatmasi bilan qurol-yarog‘, qo‘lbola portlovchi uskunalar tayyorlashda ishlatiladigan butlovchi qismlar xarid qilgan hamda teraktlar uyushtirish uchun obyektlar tanlagan.
Bundan tashqari, ushlanganlardan biri internet orqali terrorni oqlaganini hamda boshqalarni jihodga da’vat qilganini tan oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)