Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozinning bildirishicha, muqaddam Moskva orqali tranzit parvozini amalga oshirishni rejalashtirgan Ruminiya tashqi ishlar vaziri bu fikridan voz kechdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar qilmoqda.
“Darvoqe, Ruminiya tashqi ishlar vaziri Moskva orqali uchmoqchi edim, lekin har ehtimolga qarshi bu fikridan voz kechdi”, — ma’lum qildi u.
Ilgariroq Rogozin Moldovaga yo‘l olgan, ammo Ruminiyadan ortga qaytishga majbur bo‘lgan edi. U ketayotgan S7 yo‘lovchi samolyoti Moskvaga qadar yoqilg‘isi yetmagani bois Minskda qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda hazil-mutoyibani keltirib chiqardi.
Rogozin Ruminiya rasmiylari yo‘lovchilarni xavf ostiga qo‘yganini aytgan edi.
“Javobni kuting, yaramaslar”, — deb yozgan edi u Twitter’da.
Izoh (0)