Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Eron rasmiylarining messenjer serverlarining bir qismi Eronga ko‘chirilgani haqidagi bayonotini tasdiqlamadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Muqaddam Eron kommunikatsiyalar vaziri Mahmud Voiziy Telegram serverlarining bir qismi muzokaralardan so‘ng Eronga ko‘chirilganini bildirgan edi.
Twitter’da AP muxbiri Durovga shu haqda savol berdi.
“Telegram’ning hech qanday serverlari Eronga ko‘chirilmaydi”, — dedi bunga javoban Durov.
Izoh (0)