Yaponiyalik tibbiyot xodimlari olovrang chumoli odamni tishlashi bilan bog‘liq birinchi holatni qayd qildi. U dunyodagi eng xavfli chumoli turlaridan biri hisoblanadi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Voqea Kyusyu orolining Xakata portida ro‘y berdi.
Olovrang chumolilar Xakata portida bir hafta muqaddam aniqlangan edi. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir necha o‘n xavfli hasharot Xitoydan kelgan konteyner yonidan topilgan.
Chumolilar shu zahotiyoq yo‘q qilindi. Ushbu konteynerdagi yuklar Yaponiyaning turli qismlariga yo‘llangani haqida ma’lumot yo‘q.
Shunga qaramay, port xodimlaridan biri jabrlandi. Erkak konteynerdagi yuklarni tushirayotganida tishlandi. U yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi.
Mediklar uni olovrang chumoli tishlaganini tasdiqladi. Erkakning sog‘lig‘iga jiddiy tahdid yo‘q.
Bu olovrang chumolilar odamni tishlashi bilan bog‘liq Yaponiyada qayd qilingan birinchi holat bo‘ldi.
Izoh (0)