Rossiyaning Chuvashiya respublikasida 2006-yil dekabrida bedarak yo‘qolgan juftlikning tanalari Volga daryosi tubidan topildi. Bu haqda, mahalliy huquq-tartibot organlariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“‘VAZ-21099’ avtomobili 2006-yil 7-dekabrida yo‘qolgan edi, uning salonida 25 yoshli Ilya Jirnov va 22 yoshli Kira Cherkasova bor edi. Shu paytga qadar ular qayerda ekanligi noma’lum edi”, — deyiladi xabarnomada.
Avtomobil mahalliy baliqchi tomonidan tasodifan aniqlandi. Keyinroq politsiyachilar favqulodda xizmatlar bilan hamkorlikda avtmobilni suvdan chiqarib oldi va u yerda ikki yosh insonning jasadini topdi.
Mashina ichidagi hujjatlar jasadlar kimga tegishli ekanligini tezda aniqlash imkonini berdi.
Izoh (0)