Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining filiali Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yangi o‘quv yilidan ish boshlaydi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 27-iyuldagi poytaxt viloyati ishlab chiqarish-sanoat sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni yaxshilash haqidagi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq tog‘-metallurgiya fakulteti tugatiladi. Shu fakultetning 2016–2017-o‘quv yilidagi 1–3-kurs talabalari Navoiy davlat konchilik instituti yoki Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filialiga o‘tkaziladi.
2017–2018-o‘quv yilida Olmaliq tog‘-metallurgiya fakultetiga topshirayotganlar ushbu filialga o‘qishga qabul qilinadi. Filial, shuningdek, maxsus sirtqi va kechki bo‘limlarga ega bo‘ladi.
Sirtqi va kechki ta’lim to‘lov-konrakt shaklida amalga oshiriladi. Jami bu bo‘limlarga 75 tadan odam qabul qilish rejalashtirilmoqda. Talabalar bilan o‘qish tugaganidan so‘ng belgilangan joyda besh yil ishlab berish bo‘yicha shartnomalar imzolanadi.
Izoh (0)