Facebook ijtimoiy tarmog‘i aksiyalari 27-iyul kuni 5 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi, kompaniya kapitalizatsiyasi esa 500 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bozorda 500 milliard dollardan qimmatroqqa baholangan to‘rt kompaniya bor edi —Amazon (515 milliard dollar), Microsoft (573 milliard dollar), Alphabet (Google, 664 milliard dollar) va Apple (799 milliard dollar).
Facebook aksiyalari moliyaviy hisobot chop etilganidan so‘ng keskin qimmatlashdi. Hisobot mobil reklamadan olingan daromad tahlilchilarning prognozlaridan oshganini ko‘rsatdi.
Chorak davomida kompaniya tushumi 9,32 milliard dollarni tashkil etdi. Bu mablag‘ning 8 milliard dollarlik qismi reklamaga to‘g‘ri keldi.
Bir kun oldin Amazon kapitalizatsiyasi ham 500 milliard dollardan oshgan edi.
Izoh (0)