Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga Boris Nemsovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha hukm qilingan Temirlan Eskerxanovga 6 ming yevro to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Eskerxanov, shuningdek, mazkur ishning boshqa ishtirokchilari — aka-uka Anzor va Shadid Gubashevlar Moskva tergov izolyatoridagi hamda transportda tashish sharoitlaridan noligandi.

Oldinroq Gubashevlar va Eskerxanovning advokatlari Rossiya bilan Yevropa sudiga shikoyatlar masalasida sudgacha bo‘lgan kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Adliya vazirligi Eskerxanovga 6 ming, Gubashevlarga esa 6,5 ming yevrodan tovon puli taklif etdi.

Yevropa sudi Rossiya rasmiylari bilan sudgacha bo‘lgan kelishuv parametrlarini oshkor etgani uchun Gubashevlarning shikoyatini rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi