“O‘zbekko‘mir” va “Sharg‘unko‘mir” korxonalari “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning tarkibiga qo‘shildi. Bu Shavkat Mirziyoyevning 26-iyuldagi ko‘mirchilik sohasi korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish va boshqaruv strukturasini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Hujjatda qayd etilishicha, “O‘zbekko‘mir”ning amaldagi ko‘mirchilik sohasi boshqaruvi tizimi talabga javob bermaydi. Jumladan, u 2017–2021-yillarda ko‘mirchilik sohasini rivojlantirish va modernizatsiya dasturini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yo‘nalishida, shuningdek, aholini kerakli miqdorda sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlashda kamchiliklar kuzatilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ strukturasida boshqaruv raisining sanoat ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
Qarorda, shuningdek, mahsulotni sotish va yetkazish bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” yagona korxonasining tashkil etilishi ma’qullandi.
Izoh (0)