Hukumatning 17-iyuldagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risidagi yangilangan nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Unda DTMning yangi asosiy vazifalari belgilab berildi, jumladan:
- Respublika ta’lim muassasalariga qabul qilishda test sinovlari o‘tkazish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
- Test natijalarining xolisligi, haqqoniyligi va adolatliligini ta’minlash;
- Test vazifalari bazasini shakllantirish, pedagogik baholash vositalarini takomillashtirish;
- Test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish, jarayonni muvofiqlashtirish, test materiallarini chop etish, test sinovlari natijalarini tahlil qilish;
- Chet tillarini o‘zlashtirish darajasini baholashning milliy tizimini rivojlantirish.
DTM davlat budjeti, homiylik mablag‘lari va boshqa taqiqlanmagan manbalardan moliyalashtiriladi. Uning manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
Izoh (0)