“Suriya demokratik kuchlari” qurolli koalitsiyasi qo‘shilmalari Rakka shahrida terrorchilarga qarshi jang qilishda davom etmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Jumladan, Firat agentligiga ko‘ra, koalitsiya tarkibiga kiruvchi arab-kurd otryadlari shahar janubidagi Nazlat-Shahoda tumanida qurshovni yorib o‘tishga uringan jangarilarni to‘xtatib qolgan.
Ushbu to‘qnashuvda IShID a’zolari bo‘lgan 44 terrorchi yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)