Yaqin kunlarda Tinch okeanining Meksika sohillariga yaqin hududida Hillari dovuli shakllandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Dovul ikkinchi kategoriya darajasigacha kuchaydi va shimolga harakat qilib, AQSh sohiliga tahdid solmoqda.
Kaliforniya, Arizona, Nevada va Aydaxo shtatlari ofat zarbasi ostida qolishi mumkin.
Dovul ichida shamol tezligi soatiga 150 kilometrni tashkil etadi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Hillari Meksika sohillaridan 800 kilometr nariroqda turibdi va 3,5 metr balandlikka ega to‘lqinlarni keltirib chiqarmoqda.
Izoh (0)