Turkiya yig‘inida ishtirok etayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi birinchi nazorat o‘yinida maydonga tushdi va Ozarbayjon klubini mag‘lub etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ozarbayjon Superligasining “Sabail” klubiga qarshi o‘yin “paxtakor”chilarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Birinchi bo‘limda Azim Ahmedov raqibdan to‘pni olib qo‘yib, hisobni ochgan. Keyinroq isroillik legioner Gidi Kanyuk jarimadan to‘pni yetkazib bergach, chernogoriyalik Marko Simich boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan.
Birinchi 45 daqiqalikda 1 ta gol urgan ozarbayjonliklar, ikkinchi bo‘limda yana 2 ta gol o‘tkazib yubordi. “Olmaliq”dan olib kelingan Zabihillo O‘rinboyev raqib darvozasiga uchinchi golni urgan, keyinroq Jamshid Iskanderov jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni yiriklashtirgan.
O‘rtoqlik o‘yini Izmit, Turkiya 24-iyul, dushanba
Izoh (0)