O‘zbekiston musulmonlari idorasi onlay diniy-ma’rifiy darslar yo‘lga qo‘yilayotganini e’lon qildi.
“Endi haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar olib boriladi. Ushbu darslarni taniqli ulamolar va Toshkent islom institutining mahoratli ustozlari o‘tkashadi”, — deyiladi e’londa.
Agar mavzu yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, foydalanuvchilar ularni oldindan Telegram’dagi MuslimUzAdmin1Bot botiga yuborishi yoki dars jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)