Dunyoning eng boy insoni — Bill Geytsga qarashli Cascade Investment investitsion kompaniyasi Convoy startapini moliyalashtirishda ishtirok etdi. Ushbu kompaniya “yuk mashinalari uchun Uber” nomi bilan mashhur, deb eslatadi “RBK”.
Uber’ning o‘z yuk tashuvchi servisi — Uber Freight ham mavjud.
Microsoft asoschisi startapni moliyalashtirishning navbatdagi bosqichida ishtirok etgani uning jiddiy istiqbollaridan dalolat beradi, deb hisoblaydi Bloomberg tahlilchilari.
Convoy Inc. taksi servislari prinsiplari asosida ishlaydigan dasturiy ta’minot ishlab chiqadi — u xaritada yuk tashish buyurtmalarini belgilab boradi.
Kompaniyaga Amazon’ning sobiq top-menejeri Den Lyuis boshchilik qiladi.
Lyuisning so‘zlariga qaraganda, oxirgi investitsion raund doirasida startapga 62 million dollar mablag‘ olib kelingan.
Izoh (0)