Italiyaning Pyemont viloyatida AQSh prezidenti Donald Trampning niqobini taqib olgan ikki jinoyatchi bir qator o‘g‘riliklarni amalga oshirdi. Politsiya ikki jinoyatchini ham ushladi, deb xabar beradi “TASS”.
Aka-uka — 26 yoshli Vittorio i 30 yoshli Ivan Laforelar ayni paytda qamoqda saqlanmoqda. Ularning otasi talonchilik chog‘ida sodir etilgan qotillik tufayli Elba orolida umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda.
Politsiyaga ko‘ra, aka-uka Laforelar Pyemont bo‘yicha o‘nlab bank bo‘limlarida naqd pul beruvchi bankomatlarni talon-toroj qilgan. Apparatdan pulni chiqarib olish uchun jinoyatchilar har birida 250 grammgacha portlovchi modda bo‘lgan uskunalar yordamida bankomatni ochgan.
Ekspertlarning fikricha, bunday kuchga ega portlovchi uskunalar bank bo‘limlari joylashgan ko‘p qavatli uylarning qisman vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi.
Izoh (0)