24-iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni 60 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi.
Atambayev Qirg‘iziston O‘zbekiston rahbarining o‘zaro do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini yuksak qadrlashini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq, baxt va keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Bundan tashqari, ikki davlat rahbari telefon suhbati davomida o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)