Rossiyaning Norilsk shahrida avtobus oyog‘i eshikka qisilib qolgan to‘rt yoshli qizchani yerdan bir necha metrga sudrab ketdi. Voqea aks etgan videolavha “VKontakte”dagi guruhlardan birida e’lon qilindi.
Videoda aks etishicha, qizcha onasi bilan avtobusning orqa eshigiga yo‘l olgan. Qizcha birinchi pog‘onaga ko‘tarilganida eshik kutilmaganda yopilgan va transport vositasi joyidan siljigan, buning oqibatida bola uning ortidan yerda sudralib borgan.
Yana bitta rolikda esa o‘nga yaqin odam avtobus orqasidan yugurib, uni to‘xtatgani aks etgan.
Izoh (0)