Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun — 22-iyul kuni o‘zining ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Foto: “At-Taavun”

Foto: “At-Taavun”

“Championat.asia” saytining ma’lumot berishicha, O‘zbekiston terma jamoasining bugungi raqibi Saudiya Arabistonining “At-Taavun” futbol klubi bo‘ladi. Mazkur jamoa Saudiya chempionatini 7-o‘rinda yakunlagandi.

“At-Taavun” futbol klubini o‘zbekistonlik futbol muxlislari “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinlari orqali biladi. “Al-Ittihod” klubining Chempionlar ligasidan chetlatilishi sabab, “At-Taavun” kutilmaganda shu musobaqada paydo bo‘lib qolgan va ikki o‘yinda “Lokomotiv”ni 5 ochkodan mahrum qilgandi. Saudiyada “temiryo‘lchilar” 0:1 hisobida yengilgan, Toshkentda 4:4 hisobi qayd etilgandi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron chempionatini 4-o‘rinda yakunlagan va “Bunyodkor”ni shu yil ikki martta yenggan “Zob Ohan” klubi bilan o‘ynab, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi