Saudia aviakompaniyasining Jiddadan Manchesterga reys amalga oshirayotgan samolyoti texnik muammo tufayli to‘rt soat davomida qo‘na olmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
SV 123 reysi olti yarim soat ichida Manchesterga yetishi lozim edi. Ammo Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti to‘rt soat davomida aeroport osmonida uchib yurishga majbur bo‘ldi, bu vaqt ichida uchuvchilar yuzaga kelgan texnik muammon hal qilishga urindi.
Oxir-oqibat samolyot Manchester aeroportiga qo‘ndi.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)