Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar soni 1 milliontaga yetdi. Bu haqda qabulxona axborot blokida ma’lum qilindi.
“2017-yil 21-iyul kuni soat 16:45 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga millioninchi murojaat ro‘yxatga olindi”, — deyiladi xabarnomada.
“O‘n oyda millionta murojaatning kelib tushishi xalqning davlatimiz rahbariga, mazkur yangi institutga bo‘lgan ishonchni ko‘rsatadi. Bu raqam virtual qabulxona aholi muammolarini hal qila oladigan mexanizm ekanligini ham tasdiqlaydi”, — qo‘shimcha qilinadi materialda.
Izoh (0)