Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hech qachon “isqirt AQSh”ga bormasligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Shu tariqa Filippin yetakchisi Massachusets shtati kongressmeni Jeyms Makgovernning so‘zlariga javob berdi. Siyosatchi Dutertening Donald Tramp chaqirig‘iga ko‘ra AQShga kelishiga qarshilik bildirgan edi.
O‘z nuqtai nazarini Makgovern Filippinda yalpi tarzda inson huquqlari buzilayotgan bilan tushuntirdi.
“Bu bola meni Amerikaga boradi deb o‘ylayaptimi? Men u yerda bo‘lganman, bu isqirt mamlakat. Kongress yaxshisi Yaqin Sharqda o‘ldirilgan tinch fuqarolarga qarshi jinoyatlarni taftish qilishni boshlasin. Aks holda bunday o‘tmish gunohlari taftishini o‘zim boshlayman”, — ta’kidladi Duterte.
Izoh (0)