Fransiyalik xonanda va bastakor Barbara Veldens tok urishi oqibatida sahnada chiqish qilayotgan paytda halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa Fransiya janubi-g‘arbidagi Gurdon kommunasidagi musiqiy festival chog‘ida ro‘y berdi. 35 yoshli ayolni qutqarishning iloji bo‘lmadi, uning yuragi tok urgani hamon to‘xtadi.
Mahalliy prokuratura voqea yuzasidan taftishni boshlab yubordi. Bu uskunalardagi texnik nosozlik sabablarini aniqlashga yordam beradi.
Izoh (0)