Samarqand shahri Go‘ro‘g‘li ko‘chasidagi postda navbatchilik qilayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini mashina urib ketdi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
Nexia rusumidagi avtomashina yuqori tezlikda harakatlanib, inspektorning talabiga bo‘ysunmasdan kichik serjant Sherzod Mustafoyevni urib yuborgan. YHXBB inspektori peshonaning yorilishi, yelka sohasining sinishi va bosh miya chayqalishi jarohati bilan shifoxonga yetkazilgan.
Nexia haydovchisi esa qamoqqa olingan. Tergov jarayonlari olib borilmoqda.
Izoh (0)