O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o‘zining ustozlaridan biri bo‘lgan Rauf Inileyevni Namangandagi futbol maktabiga taklif qildi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
Inileyev Namangandagi sport kollejida ishlaydigan murabbiylar malakasini nazorat qiladi. Bunda u o‘zidan yosh mutaxassislarga o‘z bilimlarini berib boradi. Shuningdek, 2004-yilda tavallud topgan futbolchilarga millionlar o‘yini sir asrorlarini o‘rgatadi.
Nashrning qayd etishicha, shu yilning sentabr oyida vodiy bolalar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi musobaqasini o‘tkazadi. Rauf Talgatovich mazkur turnirga ham rahbarlik qiladi.
Odil Ahmedov aynan Rauf Inileyev qo‘l ostida O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazgandi, deb yozilgan xabarda. O‘shanda Ahmedov Xitoy Taypeyi terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan va bugunga kelib milliy terma jamoa sardoriga aylangan.
Mendan qaysi ishim o‘zimga ko‘proq ma’qul kelgani haqida ko‘p so‘rashadi. Har doim bu savolga internatdagi faoliyatim, deb javob beraman. 80-yillarda respublika olimpiya zaxiralari kollejida ishlaganman va hozirgacha o‘sha ishimni yorqin xotiralar bilan eslayman. Mening sinfimdan keyinchalik milliyda o‘ynagan Irismetov, Pirmatov, Nazarov kabi yorqin futbolchilar yetishib chiqdi. 18 nafar shogirdimdan 12 tasi Oliy ligada o‘ynadi. Bu mening yutug‘im.Inileyev mavsumni Toshkentning “Obod” klubi bosh murabbiyi sifatida boshlagandi. Biroq jamoadagi iqtisodiy inqirozdan keyin Inileyev ishsiz qolgandi.Oldimda ikki-uch variant turgan bo‘lsa-da, o‘ylab o‘tirmay Ahmedovning taklifini qabul qildim. Yana bir bor bolalar futbolida ishlab, rohat olmoqchiman. Vodiy futbolining ravnaqiga o‘zimning oz bo‘lsa-da hissamni qo‘shsam, xursand bo‘lardim.
Rauf Inileyev, murabbiy
Izoh (0)