Tan olinmagan DNR rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning oxirgi bayonoti uning shaxsiy tashabbusi bo‘lib, Kremlga aloqador emas. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Zaxarchenkoning Malorossiya mavzusida bugun ertalab bergan bayonoti uning shaxsiy tashabbusidir, va Moskva bu haqda bugun ertalab OAV orqali bildi. Biz Minsk kelishuvlariga sodiq qolmoqdamiz”, — dedi u.
Bir muddat ilgari Zaxarchenko Donbass hududida mustaqil Malorossiya davlati tuzilganini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)