Estoniyalik politsiyachilar Tirva shahrida istiqomat qiluvchi ayolning 14 yil muqaddam o‘g‘irlab ketilgan velosipedini topib, qaytarib berdi. Ular velosipedni voqea ro‘y bergan joydan 30 kilometr naridan, Valga uyezd markazidan topdi, deb xabar beradi mahalliy Postimees nashri.
Konstebl Marek Kyaysning so‘zlariga qaraganda, velosiped sohibasi ushbu yangilikdan hayratlangan va xursand bo‘lgan. Aytilishicha, uning oilasi uzoq vaqtdan buyon endi yangi velosiped olish masalasini muhokama qilayotgan edi.
“Ular hatto hazillashgan ekan: yangi sotib olish shart emas, balki eskisini qaytarishar, deya”, — qayd qilib o‘tdi huquq-tartibot vakili.
U velosiped egalariga hujjat va fotosuratlarni shu transportda olib yurishni maslahat berdi, negaki bu velosipedni topish va egasini aniqlash imkoniyatini oshiradi.
Izoh (0)