Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Alphabet X kompaniyasi (ilgari Google deb atalgan Alphabet xoldingi tarkibiga kiradi) Google Glass Enterprise Edition to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Google ko‘zoynaklari 2015-yili ishlab chiqarilmay qo‘ygan edi, shundan beri ular birinchi marta sotuvga qaytarilishi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: The Times of Israel

Foto: The Times of Israel

Yangi Google Glass korporativ mijozlarga mo‘ljallangan bo‘lib, xodimlari qo‘lsiz ma’lumot olishni ma’qul ko‘radigan korxonalarga yetkazib beriladi.

Ilgari ishlab chiqarishda Google Glass’dan foydalangan kompaniyalar orasida DHL, General Electric, Volkswagen va boshqalar bor.

Alphabet X saytida ta’kidlanishicha, yangi Google Glass qo‘l bilan ishlaydigan odamlarga mo‘ljallangan. Uskuna turli ma’lumotnoma va instruksiyalarga tezkor murojaat qilish yoki harakat yo‘nalishi haqida ma’lumot olishda qulaylik yaratadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?