Turkiya va Italiya vakillaridan iborat arxeologik guruh Turkiyaning G‘oziantep viloyatida joylashgan Qarqamish shahrida olib borilgan qazishma ishlari chog‘ida dunyodagi eng qadimgi smaylikni aniqladi. Bu haqda, Hurriyet Daily News nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qazilma ishlari nekropol hududida olib borilayotgan edi. U yerdan ko‘plab sopol idishlar topildi. Ko‘zalarning biriga tirjayib turgan qiyofa chizib qo‘yilgan edi.
Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, ko‘za milodiy 1700-yillarga oid bo‘lib, u sharbat saqlashga mo‘ljallangan.
Arxeologlar ushbu belgi qanday maqsadda chizilganini hamda u nima ma’no anglatishi borasida aniq fikrga kelmadi.
Izoh (0)