Oq uy AQSh fuqaroligini olgan britaniyalikka AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning imzosi tushirilgan tabrik xatini yubordi deb xabar berdi Forum Daily.
Oq uy sobiq rahbarining imzosi tushirilgan hujjatni fuqarolikni olgan shaxsning rafiqasi Aisha Sultan o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi.
“Buyuk Britaniyada tug‘ilgan turmush o‘rtog‘im bugun fuqarolikni qubul qilish vaqtida qasamyod qildi. Amerikaning yangi fuqarolari uchun berilgan papkada prezident Obamadan tabrik xati joylashgan edi”, — deb yozadi Aisha.
Izoh (0)