Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi, moliyaviy firibgarlikda ayblanib hibsga olingan Husayn Faridun 17-iyul kuni xususiy gospitalga yotqizildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Tehron favqulodda vaziyatlar markazi vakilining matbuotga bildirgan axborotiga ko‘ra, Faridun 17-iyul, dushanba kuni sud oldida javob berayotganida o‘zini yomon his qila boshlagan. U darhol poytaxtdan shimoldagi gospitalga jo‘natilgan.
Bir kun ilgari Eron adliya vazirligi vakili G‘ulomhusayn Muhsiniy Husayn Faridun moliyaviy firibgarlik aybi bilan ushlanganini bildirgan edi.
Uning ta’kidlashicha, sud surishtiruvi davom etadi, ammo gumondor garov evaziga qo‘yib yuborilishi mumkin.
Izoh (0)