Avstraliyak yosh yigitning qo‘liga jarohat tufayli kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan katta barmoq o‘rniga oyog‘ining katta barmog‘i tikib qo‘yildi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
2017-yil aprelida 20 yoshli Zak Mitchell fermada ishlayotgan paytda qo‘lining katta barmog‘idan ayrildi — buqa uning kaftini shunaqa kuch bilan suzdiki, uning barmog‘i uzilib ketdi.
Qolgan ishchilar yigitning barmog‘ini muz ichiga solib qo‘ydi, lekin jarrohlar ikkita operatsiya davomida uning funksiyalarini qayta tiklay olmadi. Shunda ular uning o‘rniga oyoqning katta barmog‘ini ko‘chirib o‘tkazishni taklif qildi. Operatsiya sakkiz soat davom etdi va muvaffaqiyatli yakunlandi.
“Ko‘plar bu harakat va koordinatsiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaydi, ammo aslida bunaqa emas”, — deb tushuntirdi vaziyatda shifokorlardan biri.
Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik bunday operatsiyalar qo‘shimcha jarohat yetkazishidan qo‘rqib bosh tortadi.
Yigitning onasi o‘g‘li operatsiyadan ikki hafta o‘tib yaxshi yura boshlaganini tasdiqladi. Lekin to‘liq tiklanishga bir yil atrofida vaqt ketadi, shundan so‘ng Mitchell fermaga qaytishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)