12-iyul kuni soat 02:00 da fuqaro Ermatov Doniyor Alekseyevich Sergeli tumani hududida fuqaro Shaxidov Fanil G‘afurjonovichga nisbatan sog‘liq uchun xavfli uslublar qo‘llagan holda unga tegishli Samsung telefonini tortib olgan edi. Ushbu talonchilik fosh etilib, jinoyatchi ushlangani yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti axborot berdi.
Holat yuzasidan JKning 166-moddasi 2 “a” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Tergov doirasida gumondorning boshqa jinoiy holatlarga aloqador-aloqador emasligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)