O‘zbekistonda gidroponika texnologiyasi yordamida issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
“Gidroponika texnologiyasini qo‘llab issiqxona komplekslarini yaratish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Gidroponika — tuproqsiz sun’iy muhitda o‘simlik yetishtirish yo‘li. O‘simlik oziq moddalarni ildizni o‘rab turgan oziq eritmasidan oladi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, issiqxona komplekslari O‘zbekistonning barcha mintaqalaridagi lalmi yerlarda tashkil etiladi. Issiqxonalar tashkil etishga chet el investitsiyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Issiqxona komplekslari 2021-yil oxiriga qadar soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)