Turkiya xavfsizlik kuchlari 2016-yil dekabrida Istanbuldagi stadion yaqinida terakt uyushtirib, 40 kishining halokatiga sabab bo‘lgan shaxsni ushladi. Bu haqda, CNN Turk nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, mamlakatning to‘rt viloyatida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida Kurdiston ishchi partiyasining 44 a’zosi ushlandi. Ulardan biri Vodafone Arena stadionida terakt uyushtirgan shaxs bo‘lib chiqdi.
U minalashtirilgan avtomobilni teraktdan bir daqiqa oldin tark etgani va shu tariqa tirik qolgani aniqlandi.
Izoh (0)